
Sizning kuningiz uchun
Nega aynan
biz?
Bir qarashda hayrat. Har bir bosishda qulaylik. Sizning kuningiz uchun o‘ylangan kichik, ammo muhim tafsilotlar.

Onlayn taklifnomalar
To‘y, nikoh, marosim va boshqa tadbirlar uchun
zamonaviy va nafis onlayn taklifnomalar yarating.
Mehmonlaringizni oson va chiroyli tarzda taklif qiling.
Tadbirlar
Har bir tadbir — o‘ziga xos hikoya.
Biz uni go‘zal taklifnomalar bilan boshlaymiz.




01 / Siz uchun tanladik
Turli uslub va quvonchli kunlar uchun tanlangan dizaynlar. To‘liq kolleksiyada yana ko‘plab hikoyalar sizni kutmoqda.
Har bir dizaynni tanlashdan oldin to‘liq ko‘rishingiz mumkin.

Sizning kuningiz uchun
Bir qarashda hayrat. Har bir bosishda qulaylik. Sizning kuningiz uchun o‘ylangan kichik, ammo muhim tafsilotlar.

Sizning uslubingiz
Milliy naqshlardan nafis minimalizmgacha. Ko‘nglingizga mos dizaynni tanlang.

Sizning hikoyangiz
Ismlaringiz, suratlaringiz va sevimli kuyingiz bilan taklifnomani o‘zingizga xos qiling.

Uchrashadigan manzil
Sana, vaqt va manzil bir joyda. Mehmonlaringiz xaritada yo‘lni bir bosishda ochadi.

Eng yaqin insonlar
Kelish xabarlari va samimiy tilaklar bir joyda. Quvonchli kuningizga birga hozirlik ko‘ring.
Dizaynlarni ko‘rishHayotning go‘zal lahzalari
Quvonchli kun hali boshlanmay turib, yurakda boshlanadi.
Bir davra. Qadrdon chehralar. Bir olam quvonch.
Kun o‘tadi. Birga his qilganlarimiz esa qoladi.
Sizning kuningiz. Sizning taklifnomangiz.
Yaqinlaringizni eng go‘zal onlarga taklif qiling.
Hammasi oson, hammasi o‘zingizga xos.
Turli uslubdagi nafis dizaynlar. Katta kuningiz uchun eng mosini toping.
Ismlar, sana, manzil va samimiy so‘zlaringiz. Har bir tafsilotda siz.
Tayyor taklifnomangiz havolasini ulashing. Quvonchli kunga birga hozirlik ko‘ring.
Taklifnomalar galereyasi
Iltimos, eng ko‘p beriladigan savollarga javoblarni quyidagi ro‘yxatdan toping.
Siz qidirgan javobni topa olmasangiz,Avval o‘zingizga yoqqan dizaynni tanlang va uning namunasini ochib ko‘ring. Keyin ismlar, sana va manzilni kiriting. Taklifnomangiz qanday ko‘rinayotganini yaratish davomida ko‘rib borasiz. Dasturlash yoki dizayn tajribasi kerak emas.
Yo‘q, quvonchli kunlar ko‘p. Kolleksiyada nikoh to‘yi, tug‘ilgan kun, oilaviy tantana va marosimlar uchun dizaynlar bor. Tadbir turini tanlasangiz, unga mos taklifnomalar ko‘rsatiladi.
Ismlar, samimiy taklif matni, sana va manzil — asosiy tafsilotlar sizniki. Tanlangan dizaynga qarab suratlar, musiqa, tadbir dasturi va boshqa bo‘limlarni ham qo‘shishingiz mumkin. Muharrirda aynan shu dizayn uchun mavjud imkoniyatlarni ko‘rasiz.
Ha. O‘zbek lotin, o‘zbek kirill, rus va ingliz tillaridan keraklilarini tanlashingiz mumkin. Har bir til uchun matnni alohida yozasiz — taklifingiz har bir mehmon uchun tushunarli bo‘lsin.
Taklifnomani nashr qilganingizdan so‘ng uning havolasini ulashasiz. Uni Telegram, WhatsApp yoki o‘zingizga qulay boshqa messenjer orqali yuborish mumkin. Mehmon havolani telefon yoki kompyuter brauzerida ochadi; alohida ilova o‘rnatishi shart emas.
Nashrdan keyin belgilangan tahrirlash muddati ichida manzil, dastur, matn, surat va musiqa kabi tafsilotlarni yangilashingiz mumkin. Havola o‘sha holicha qoladi. Asosiy ismlarni tuzatish yoki sanani ko‘chirish uchun shaxsiy kabinetingizdan so‘rov yuboriladi.